Boyovut tumani mudofaa ishlari bo‘limida matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-06-08 09:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar: sohada joriy etilayotgan yangi yondashuvlar, o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda so‘nggi yillarda mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, chaqiruvga qadar tayyorgarlik jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga tanlov jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, sohada joriy etilayotgan yangi yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda fuqarolar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Matbuot anjumanida qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida chaqiruv jarayonlarida ochiqlik va adolat tamoyillari kuchaytirilgan, yoshlar bilan ishlashning yangi mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan hamda mahallalarda vatanparvarlik targ‘iboti samaradorligi oshirilgan.
Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda soha bo‘yicha qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Yakunda mudofaa tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.


