Mehmonxona sohasi uçun kadrlar tayyorlaş tizimi takomillaştiriladi
2026-10-30 15:05:00 / Yangiliklar

Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Rejeb Geduk boşçiligidagi turkiyalik investorlar bilan uçraşdi.
Muloqot davomida viloyatning turizm salohiyatini yanada oşiriş, mehmonxona va boşqa turistik obyektlar uçun malakali kadrlar tayyorlaş hamda xizmatlar sifatini yaxşilaş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Böstonliq turizm va madaniy meros texnikumi huzurida xalqaro turizm kasbiy tayyorgarlik markazini taşkil etiş taklifi körib çiqildi.
Şuningdek, tumandagi Xalqaro mehmonxona va turizm maktabini rekonstruksiya qiliş, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etiş hamda soha xodimlarining malakasini oşiriş böyiça hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Loyiha doirasida mehmonxona xizmatlarining turli yönalişlari, jumladan, qabul qiliş va bronlaş, xonalarni saqlaş, oşpazlik, restoran xizmati kabi kasblar böyiça mutaxassislar tayyorlaş közda tutilgan. Öquv jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda mehmonxonalar, restoranlar va dam oliş majmualarida amaliy maşğulotlarni taşkil etiş ham rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, kadrlarning kasbiy malakasini oşiriş, xorijiy tillarni örgatiş va belgilangan talablar asosida ayrim mutaxassislarni Turkiyada malaka oşirişga yuboriş masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanişiça, Böstonliq tumanida 2026-2028-yillarda 128 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş va 8 030 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Bu esa turizm va mehmondöstlik sohasida malakali kadrlarga bölgan ehtiyojni yanada oşiradi.
Taklif etilayotgan markaz hududdagi kadrlar taqçilligini kamaytiriş, xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş hamda turizm sohasi uçun zamonaviy kasbiy tayyorgarlik tizimini şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.






