Böstonliqlik yoş dzyudoçi oltin medalni qölga kiritdi
2026-10-29 20:30:00 / Yangiliklar

“Prezident olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida dzyudo sport turi böyiça 46 kg vazn toifasida ötkazilgan musobaqada Böstonliq tumani vakili Asadbek Axmadjonov muvaffaqiyatli iştirok etib, oltin medalni qölga kiritdi.
Uşbu yutuq sportçimizning tinimsiz mehnati, mahorati va ğalabaga bölgan intilişining yorqin ifodasidir. Erişilgan natija Böstonliq tumani sporti uçun ham quvonçli voqea böldi.
Asadbekning sportdagi muvaffaqiyatlarida uning murabbiyi Duysebaev Serikbayning ham munosib hissasi bor. Murabbiyning tajribasi, fidokorona mehnati va şogirdiga bergan saboqlari sportçining mahoratini oşiriş hamda yuksak natijalarga erişişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Asadbek Axmadjonov va uning ustozini uşbu ğalaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

