Yoşlar bilan oçiq muloqot: muammo va takliflar tinglandi
2026-10-29 20:30:00 / Yangiliklar

Bugun Böstonliq tumani hokimligida tuman hokimining birinçi örinbosari X.Abduyusupov hamda tuman soliq inspeksiyasi boşliği Y.Artikbayev boşçiligida yoşlar bilan navbatdagi uçraşuv taşkil etildi.
Unda tuman hokimi örinbosarlari, yoşlar yetakçilari, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari hamda tegişli taşkilotlarning mas’ul vakillari iştirok etdi.
Oçiq muloqot davomida yoşlarni iş bilan ta’minlaş, ularning tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişiga kömaklaşiş, imtiyozli kreditlardan samarali foydalaniş, kasb-hunarga yönaltiriş hamda yoşlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atrofliça söz yuritildi.
Şuningdek, yoşlarning taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni qöllab-quvvatlaş, mavjud muammolarini hal etiş hamda bandligini ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli vazifalar belgilab berildi.






