2027-yil hosili uçun ekiladigan ğalla uruğliklari Agroinspeksiya nazoratida
2026-10-27 11:30:00 / Yangiliklar

2027-yil hosili uçun boşoqli don ekinlarini ekiş mavsumida uruğlik sifatini ta’minlaş, belgilangan agrotexnik tadbirlarga rioya etiş hamda yuqori hosildorlikka erişiş muhim ahamiyatga ega. Bu borada uruğliklarning sifatini nazorat qiliş va qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi “Qişloq xöjaligi ekinlari uruğlari sifatini baholaş tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-109-son Farmoni bilan uruğliklar sifatini baholaş va ularning muomalasini tartibga soliş böyiça muhim talablar belgilangan.
Farmon talablariga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boşlab, mulkçilik şaklidan qat’i nazar, uruğlik yetiştiriş va realizatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqamli QR-kodli yorliq bilan belgilanmagan hamda ijobiy ekinboplik xulosasiga ega bölmagan qişloq xöjaligi ekinlari uruğliklarini realizatsiya qiliş taqiqlangan.
Şuningdek, belgilangan talablarga zid ravişda uruğliklarni realizatsiya qilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qonunçilikda nazarda tutilgan tartibda bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravarigaça ma’muriy jarima qöllanilişi mumkin.
Sertifikatlangan ğalla uruğliklaridan foydalaniş — möl hosil garovi.
Sertifikatlangan uruğliklar laboratoriya sinovlaridan ötkazilib, ularning nav tozaligi, unuvçanligi va ekişga yaroqliligi baholanadi. Sifatli uruğliklardan foydalaniş soğlom va bir tekis nihollarni oliş, ekinlarning rivojlanişini yaxşilaş hamda hosildorlikni oşirişga xizmat qiladi.
Ğalla uruğliklarini tanlaş va ekişda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiş lozim:
Uruğlik sifatiga e’tibor bering. Raqamli QR-kodli yorliq bilan ta’minlangan, ijobiy ekinboplik xulosasiga ega va belgilangan talablarga javob beradigan uruğliklardan foydalaning.
Yerlarni ekişga sifatli tayyorlang. Maydonlarni begona ötlardan tozalaş, sifatli şudgorlaş va ekiş oldidan yerga işlov beriş işlarini agrotexnik talablar asosida amalga oşiring.
Mineral öğitlardan töğri foydalaning. Tuproq xususiyatlari va ekinning ehtiyojidan kelib çiqib, belgilangan me’yorlarda fosforli hamda kaliyli mineral öğitlarni qöllang.
Ekiş işlarini öz vaqtida bajaring. Ğallani maqbul muddatlarda, belgilangan me’yorlar asosida va sozlangan ekiş agregatlari yordamida sifatli eking.
Agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiring. Ekinlarning rivojlaniş bosqiçlariga muvofiq suğoriş, oziqlantiriş va boşqa zarur agrotexnik tadbirlarni taşkil eting. Mahalliy öğitlardan foydalanişda ham belgilangan talab va tavsiyalarga amal qiling.
Şu munosabat bilan, 2027-yil hosili uçun ğalla ekiş işlarini amalga oşirayotgan fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilaridan faqat belgilangan talablarga javob beradigan uruğliklardan foydalaniş, ekiş hamda parvarişlaş tadbirlarini öz vaqtida va sifatli bajariş söraladi.
Amaldagi qonunçilik talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, huquqbuzarlik xususiyatidan kelib çiqib, aybdor şaxslarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar köriladi.
Özagroinspeksiyaning Böstonliq tumani bölimi
