Hokim o‘rinbosarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-10-21 18:55:00 / Yangiliklar

Tasdiqlangan reja-grafik asosida Bo‘stonliq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov hamda tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev boshchiligida tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan nafaqa tayinlash va to‘lovlar bilan bog‘liq masalalar, soliq to‘lovlari jarayonida yuzaga kelgan muammolar, qurilish ishlari, hududlarni obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy va shaxsiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarni belgilangan tartibda hal etish hamda ijrosini nazoratga olish vazifalari yuklatildi.




