Bo‘stonliqlik sportchi — Osiyo kubogi kumush medali sohibasi!
2026-10-20 18:35:00 / Yangiliklar

Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahrida kattalar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada Bo‘stonliq tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Ibrayeva Shinar Anuar qizi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi va Osiyo kubogining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu yutuq sportchimizning muntazam mashg‘ulotlari, tinimsiz mehnati, yuksak mahorati va qat’iyatining munosib samarasidir.
Shinar Ibrayevani ushbu quvonchli natija bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusi musobaqalarda ham omad, yangi g‘alabalar va xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!
