“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy seminar-trening tashkil etildi
2026-10-20 18:35:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Shodiyeva boshchiligida hamkor tashkilotlar ishtirokida 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy yo‘nalishda seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda ruhiy salomatlikni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga ushbu yo‘nalishlarda zarur tavsiya va tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
Ma’lumot uchun: Bo‘stonliq tumanida 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 2 128 nafar xotin-qizga psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish rejalashtirilgan. Joriy yil boshidan buyon ushbu reja to‘liq bajarilib, 2 128 nafar xotin-qizga tegishli yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatildi.





