Ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-24 21:30:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimligi binosida “Tuman oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan ajrim yoqasida turgan hamda nizoli vaziyatdagi oilalar bilan navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda 9 ta oila ishtirok etdi. O‘tkazilgan suhbat va tushuntirish ishlari natijasida 5 ta oilaning yarashishiga erishilib, oilaviy munosabatlarni tiklash bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi. Shu tariqa, 14 nafar farzandning ota-onasi bag‘rida, oilaviy muhitda tarbiya topishi uchun sharoit yaratildi.
Qolgan oilalar bilan bog‘liq vaziyatni yanada chuqur o‘rganish, mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda oilaning kelajagi yuzasidan puxta va oqilona qaror qabul qilishlari uchun keyingi profilaktik uchrashuvga qadar muhlat belgilandi.
Muloqot davomida oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, oila muqaddasligi, farzandlarning ota-onaga bo‘lgan ishonchi, shuningdek, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va mas’uliyatning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bunday profilaktik uchrashuvlar oilalarda yuzaga kelayotgan nizoli vaziyatlarning oldini olish, oilaviy muhitni barqarorlashtirish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan.






