Chimyonda ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi
2026-09-19 18:45:00 / Yangiliklar

Bugun Bo‘stonliq tumani “Chimyon” MFY hududida “World Cleanup Day” — Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar hududni chiqindilardan tozalash, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan amaliy ishlarda faol ishtirok etdilar.
Mazkur eko-aksiya orqali tabiatni asrash, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va hududlarning tozaligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.






