Yoshlarning bandligi va tadbirkorlik tashabbuslari muhokama qilindi
2026-09-19 18:45:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumanga biriktirilgan ishchi guruh a’zolari, tijorat banklari mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish hamda mavjud imkoniyat va imtiyozlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.









