Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligi ta’minlanmoqda
2026-08-19 18:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan tuman aholisiga qulaylik yaratish, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida G‘azalkent shahridagi markaziy dehqon bozorida “Elga xizmat” savdo yarmarkasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugun Respublika ishchi guruhi hamda Bo‘stonliq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov boshchiligidagi mutasaddilar tomonidan savdo yarmarkalarida sotilayotgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda mahsulotlarning belgilangan narxlarda taklif etilayotgani o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholiga sifatli va hamyonbop mahsulotlarni yetkazib berish, bayram kunlari davomida bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda yarmarkalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



