“Ma’rifat” mahallasida “Mustaqillik to‘yi” festivali o‘tkazildi
2026-08-19 18:05:00 / Yangiliklar

Bugun “Ma’rifat” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” festivali “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Bayram tadbirida mahalla ahli uchun doshqozonlarda osh tayyorlanib, bayram dasturxoni yozildi. El suygan san’atkorlarning chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar va bayramona dastur tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida mahalla hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh faollar Bo‘stonliq tumani hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri aholi qalbida Vatanga muhabbat, mustaqillik ne’matlariga shukronalik va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

