“Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-08-07 19:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bo‘stonliq tumani “Aydarali” va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ayollarning oiladagi, mahalladagi va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, ularning fidokorona mehnati va tashabbuslari alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida mahalla jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan, mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlarga tashakkurnomalar topshirildi.
Yakunida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va oilaviy an’analar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.









