“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi
2026-07-13 16:30:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Shodiyeva boshchiligida hamkor tashkilotlar ishtirokida 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy yo‘nalishda seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga huquqiy bilimlarni oshirish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda ruhiy salomatlikni asrash bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Bo‘stonliq tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 128 nafar xotin-qizga psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish rejalashtirilgan.





