Respublika ishchi guruhi ishtirokida mahallalar faoliyati muhokama qilindi
2026-07-10 21:05:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi hamda Bo‘stonliq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov boshchiligida mahalla yettiligi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida mahallalarda yuksak saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan joriy yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.






