Yoshlar bilan ochiq muloqot: sun’iy intellekt va kelajak loyihalari muhokama qilindi
2026-06-11 22:40:00 / Yangiliklar

Har payshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida bugun tuman Ma’naviyat maskanida tuman prokurori S.Xusayinov hamda tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev ishtirokida yosh AI volontyorlar guruhi a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, yosh volontyorlar tomonidan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida mahalliy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish, ularning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar taqdim etildi.
Muloqot davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining kelajakdagi o‘rni, uning turli sohalarga ta’siri hamda tuman miqyosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan innovatsion loyihalar yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.







