Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-05-23 20:45:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilib, atroflicha muhokama qilindi:
➖Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
➖Bo‘stonliq tumanini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
➖Bo‘stonliq tumanida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
➖Bo‘stonliq tumani darajasida o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullar axborotlari tinglandi, deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirildi hamda yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.







