Ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-05-15 17:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligi binosida “Tuman oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan har payshanba kuni an’anaviy tarzda ajrim yoqasida turgan hamda nizoli vaziyatdagi oilalar bilan navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda komissiya a’zolari bilan bir qatorda Respublika ishchi guruhi vakillari hamda Chirchiq tumanlararo sudining oila masalalari bo‘yicha sudyasi N.Kabirova ishtirok etdi.
Uchrashuvda jami 13 ta oila bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish va profilaktik ishlari natijasida ularning 8 tasi yarashtirilib, oilaviy munosabatlarni tiklash bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi. Natijada 11 nafar bola yana ota-onasi bag‘rida tarbiya topadigan bo‘ldi.
Qolgan oilalarga esa vaziyatni yanada chuqur o‘rganish hamda puxta o‘ylangan qarorga kelishlari uchun navbatdagi profilaktik uchrashuvga qadar muhlat berildi.
Uchrashuv davomida oila muqaddasligi, farzandlarning ota-onaga bo‘lgan ishonchi, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va mas’uliyatning muhim ahamiyati yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.





