Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
2026-05-07 17:45:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv DXX Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Viloyat hokimligi hamda Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Bo‘stonliq tumanidagi ishsiz yoshlar, bitiruvchi o‘quvchilar hamda probatsiya nazoratida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









