“S.Rahimov” mahallasida ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
2026-05-01 19:00:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumanidagi “S.Raximov” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma yaratish maqsadida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari izchil davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Uvaysiy ko‘chasining 250 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizilgan edi.
Bugun esa Gulshan bog‘i ko‘chasining 650 metr qismida ham yangi asfalt qoplamasi yotqizildi. Shuningdek, yaqin kunlarda Nurli diyor ko‘chasining 220 metr qismida ham asfaltlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar natijasida mahalla ichki yo‘llarining holati yaxshilanib, transport harakati va aholining harakatlanishi yanada qulaylashmoqda.





