“Yoshlar kuni” doirasida probatsiyadagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-23 20:45:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun “Yoshlar kuni” doirasida tuman prokurori S.Xusayinov, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Z.Iminov, Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi rahbari Sh.Sodiqova, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev boshchiligida probatsiya ro‘yxatida turgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim hamda tadbirkorlik sohasidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, probatsiya ro‘yxatida turgan yoshlarga jinoyatga qayta qo‘l urmaslik, ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli integratsiyalashish, shuningdek, “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Uchrashuvda probatsiya ro‘yxatida turgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik hayotida uchrayotgan maishiy muammolarni hal etish, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.





