“Pargos” MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-04-02 21:50:00 / Yangiliklar

Har payshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida bugun tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev ishtirokida “Pargos” MFY hududida istiqomat qiluvchi yoshlar hamda mazkur hududda joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Ahmedov, korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek, “Pargos” MFY yettiligi ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, ta’lim hamda tadbirkorlik sohalaridagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Samimiy muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, o‘quvchilarga bugungi kunda oliy ta’limga kirish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, shuningdek, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi hamda kelajagiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.









