Tumanimizda yana bir oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
2026-04-01 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun “Iskandar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yana bir zamonaviy, 30 o‘ringa mo‘ljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.
Tashkilotning ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari J.Ortiqboyev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I.Izzatulloyev, sohaga mas’ul mutasaddilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur zamonaviy muassasaning foydalanishga topshirilishi hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda aholi farzandlari uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.








