Bo‘stonliq tumanida ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda
2026-03-28 12:45:00 / Yangiliklar

Bugun erta tongdan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududning asosiy yo‘l yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida hududni obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay va fayzli maskanlar yaratish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, yo‘l atrofidagi hududlar begona o‘t va chiqindilardan tozalanib, yer maydonlari tartibga keltirilmoqda.
Shuningdek, manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish, mavjud yashil hududlarni kengaytirish va parvarishlash ishlari ham izchil yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu xayrli tashabbusda tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, shuningdek, turli korxona va tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shmoqda.







