“Hokimlik soati”da aholi murojaatlari, tadbirkorlik va korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi
2026-03-16 19:15:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi J.Axmedov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev, hokimlik apparati xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:
➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 13-mart kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida;
➖davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi asosida tumanda tashkil etilgan sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar ijrosi to‘g‘risida;
➖tumanda tadbirkorlik subyektlari hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqot uchrashuvlari davomida ko‘tarilgan masalalar ijrosi to‘g‘risida;
➖aholi bandligini ta’minlash (doimiy ish o‘rinlari yaratish, daromadlarni oshirish, faoliyatni legallashtirish) hamda dasturlar doirasida imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida;
➖korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari va huquqiy javobgarlik masalalari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kamalzorlashtirish ishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
✅Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.








