“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi yashil hududlar barpo etilmoqda
2026-02-27 20:25:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumani hokimligi tashabbusi bilan Mudofaa vazirligiga qarashli, tuman hududida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida tog‘ yonbag‘irlariga jami 3 500 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan. Ayni paytga qadar so‘nggi ikki kun davomida 950 tup ko‘chat ekilib, hududning ekologik holatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.
Ushbu ezgu sa’y-harakatlar tumanda yashil hududlar maydonini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va barqaror ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.





