Fuqarolarning davlat axborotidan foydalanish huquqlari to‘g‘risida
Fuqarolarning davlat axborotidan foydalanish huquqlari to‘g‘risida
Fuqarolarning davlat axborotiga ega bo‘lish huquqi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash ushbu huquqni amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir.
Fuqarolar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yaratilgan hamda ularning faoliyatiga oid axborotlardan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
Fuqarolarning davlat axborotidan foydalanish huquqining normativ-huquqiy asosini quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
– “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun;
– "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun;
– “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari.
Davlat organlari fuqarolarga axborot taqdim etishda qonuniylik, ishonchlilik, ochiqlik va tezkorlik tamoyillariga amal qilishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq, davlat siri, xizmat siri, shaxsiy ma’lumotlar va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlar cheklangan axborot toifasiga kiradi.
Mazkur normalar fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash hamda davlat boshqaruvi tizimida ochiqlikni oshirishga xizmat qiladi.
