“Uch avlod uchrashuvi — tarbiya, ta’lim va tajriba maskani”
2025-10-07 10:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda mahallaning faxrli insonlari — uzoq yillar davomida halol mehnat qilib, el hurmatini qozongan nuroniylar, shuningdek, yoshlar va o‘rta avlod vakillari ishtirok etishdi. Ular o‘z hayotiy tajribalari, o‘git va maslahatlarini yoshlar bilan samimiy suhbat tarzida baham ko‘rdilar.
Tadbirda Toshkent viloyati prokuraturasi, Bo‘ka tuman hokimligi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi, hamda Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev ishtirok etdi. Ular uch avlod o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalishdi.
Tadbir yakunida yoshlar uchun badiiy va ma’naviy kitoblar to‘plamlari topshirilib, ularning bilim va tafakkur doirasini kengaytirishga hissa qo‘shildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarga ibrat bo‘lib, ular qalbida vatanparvarlik, mehnatsevarlik va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.









