8-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga yangi 240 o‘rinli Faollar zali foydalanishga topshirildi
2025-10-04 18:00:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qo‘shimcha 125 million so‘m mablag‘ ajratilib, maktabga 5 ta zamonaviy elektron doska olib berildi. Bu esa o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv shaklda tashkil etish imkonini yaratdi.
Tadbirda tuman hokimi B. Begmatov, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari O. Sultonbekov, faxriy mehmonlar, ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tuman hokimi ta'lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan har bir tashabbus — ilm-ma’rifat va ijtimoiy hayotimizni boyitishini ta’kidladi. Shuningdek, homiylarning fidoyiliklari uchun tashakkur bildirib, bunday loyihalarni doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytib o‘tdi.
Yangi Faollar zalining afzalliklari:
• Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va to‘garaklarni o‘tkazish uchun keng imkoniyat.
• Zarur texnik jihozlar va sahna yoritish elementlari tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish imkonini beradi.
Tadbir davomida maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va ota-onalar yangi zalning o‘quvchilarning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.









