Bökada “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi
2026-10-28 16:00:00 / Yangiliklar

Unda Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari O.Tursunov, viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʻnaviy-maʻrifiy işlar böyiça örinbosari O.Sultonbekov, DXX viloyat boşqarmasi boşliği örinbosari S.Usmonov, viloyat Soliq boşqarmasi boşliği A.Inagamov, tuman hokimi M.Abdazimov, tuman prokurori Ş.Zunnurboyev, IIB boşliği A.Ğulomov, soliq inspeksiyasi rahbari Ş.Xazratov, hokim örinbosarlari, tegişli taşkilotlar rahbarlari hamda uyuşmagan yoşlar iştirok etdi.
Uçraşuv davomida yoşlar özlarini qiynab kelayotgan muammolar va takliflar bilan murojaat qildilar. Xususan, işga joylaşiş, bank kreditlaridan foydalaniş, kontrakt tölovlarini qoplaş, subsidiya ajratiş hamda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.
Har bir murojaat tegişli masʻullar iştirokida körib çiqilib, ularni hal etiş yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Murojaatlarning ijrosini taʻminlaş va yoşlarni qiynayotgan muammolarni ijobiy hal etiş masʻul rahbarlar zimmasiga yuklatilib, nazoratga olindi.
Bunday uçraşuvlar yoşlar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning bandligini taʻminlaş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda muammolariga joyida yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, tadbir doirasida böş iş örinlari mehnat yarmarkasi taşkil etilib, unda iştirok etgan yoşlar mavjud vakansiyalar bilan tanişiş hamda öz qiziqiş va imkoniyatlariga mos iş örinlariga joylaşiş imkoniyatiga ega böldilar.









