Yurt osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmat e’tirof etildi
2026-10-24 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi M.Abdazimov, tuman prokurori Sh.Zunnurboyev, IIB boshlig‘i A.G‘ulomov, tegishli tashkilotlar rahbarlari, ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylar ishtirok etdi.
Tuman hokimi M.Abdazimov o‘z nutqida ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi mas’uliyatli va fidokorona xizmatini alohida e’tirof etdi.
Bayram davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, faoliyati va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatib kelayotgan xodimlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, ichki ishlar tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriylarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Bo‘ka tumani hokimligi ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Barchangizga sharafli xizmatingizda muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!









