Yosh sportchilarning g‘alabasida ota-onalar mehnati e’tirof etildi
2026-10-24 11:00:00 / Yangiliklar
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining viloyat bosqichida para yengil atletika bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallagan Sarvinoz Nasriddinova hamda para taekvondo bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritgan Azizbek Baxodirovning ota-onalariga farzandlarining sportdagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlagani, ularning tarbiyasi va kamolotiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.

Bo‘ka tumani hokimi M.Abdazimov hamda tuman prokurori Sh.Zunnurboyev tomonidan sportchilarning ota-onalariga farzandining sportdagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlagani, unga ko‘rsatgan e’tibori va tarbiyasiga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnomalar shaxsan topshirildi.
Farzandlarining iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni sportga keng jalb etish va yutuqlar sari rag‘batlantirishda ota-onalarning o‘rni beqiyos.
Yosh sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!




