Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari direktorlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
2026-10-09 14:00:00 / Yangiliklar

Unda ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari hamda ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari O.Djo‘rayev, Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati D.Po‘latov, ishchi guruh a’zolari, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Unda ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, ta’lim sifati, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarni qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jalb etish, fan to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






