Qishloq xo‘jaligi masalalari muhokama qilindi
2026-10-05 13:05:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishga tuman hokimi M.Abdazimov, viloyat Fermerlar Kengashi raisi Sh.Do‘stbekov, tuman prokurori Sh.Zunnurboyev hamda tuman IIB boshlig‘i A.G‘ulomov rahbarlik qildi.
Unda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, hudud raislari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ayni kunlarda dalalarda davom etayotgan paxta yig‘im-terim ishlarining borishi, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, shuningdek, belgilangan reja ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga paxta yig‘im-terim ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash, mavjud texnika va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, terim sur’atini yanada oshirish hamda belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, har bir hudud va fermer xo‘jaligi kesimida mavjud muammolarni tezkor hal etish, kunlik natijadorlikni oshirish va hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.






