Bosh pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tanlov e’lon qilinadi.
2026-10-02 10:00:00 / Yangiliklar
Bo’ka tumanidagi 28 ta mahallada istiqomat qiluvchi 7-bosqich “Ayollar daftari”ning 3-toifasida ro‘yxatda turuvchi 49 nafar xotin-qizlarni xonadonlarini joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish uchun xarid qilinayotgan tovarlar (ish va xizmatlar) yuzasidan eng yahshi tijorat taklifini tanlab olish belgilangan.

Shu munosabat bilan mazkur ishlarni amalga oshirish uchun bosh pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov o‘tkaziladigan vaqt: 2026-yil 5-oktyabr, soat 11:00.
Tanlov o‘tkaziladigan joy: Bo’ka tumani hokimligi binosi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar zarur hujjatlarni 2026-yil 5-oktyabr soat 09:00 ga qadar taqdim etishlari so‘raladi.
Mas’ul: Bo’ka tumani hokimligi bosh mutaxassisi D.Qodirov
Tel.: +998 33 803 0606
