Qo‘ldoshtepa mahallasida tadbirkorlar va aholi bilan muloqot o‘tkazildi
2026-09-21 14:25:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.









