Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
2026-09-17 15:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini ochiq bayon qildilar. Ayniqsa, ishga joylashish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, kasb o‘rganish, ta’lim olish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Muloqot jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha mas’ullar bilan birgalikda zarur choralar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar orqali hal etish hamda bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalari belgilab olindi.
Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolariga manzilli yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.





