Bo‘ka tumanida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi
2026-09-16 14:45:00 / Yangiliklar

Yarmarkada tuman hokimi M.Abdazimov, tuman prokurori Sh.Zunnurboyev, tuman IIB boshlig‘i A.G‘ulomov, Soliq inspeksiyasi rahbari Sh.Xazratov, shuningdek, tumandagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Tadbir davomida korxona va tashkilotlar tomonidan fuqarolarga turli yo‘nalishlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Ish izlab kelgan fuqarolarga mavjud vakansiyalar, mehnat shartlari, ish haqi va ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Yarmarkada ishtirok etgan fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashib, o‘zlari uchun mos ish o‘rinlariga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ko'plab fuqarolar ishga joylashish bo‘yicha kelishuvga erishdi, ayrimlari esa ish beruvchilar tomonidan keyingi suhbat va ishga qabul qilish jarayonlariga yo‘naltirildi.
Yarmarka doirasida, shuningdek, aholining bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlik subyektlarining mehnat bozoridagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.








