Topshiriqlar ijrosi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
2026-09-14 13:45:00 / Yangiliklar
Bo‘ka tumani hokimligida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishga tuman hokimi Murod Abdazimov raislik qildi. Unda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etib, davlat organlaridan kelib tushayotgan topshiriq va hujjatlarning ijrosi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ijro intizomiga rioya etish holati atroflicha muhokama qilindi.
Mas’ullarga topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, mazmunan va sifatli bajarish, murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik hamda har bir vazifaga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ijro intizomini yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.





