G‘alla ekish mavsumi oldidan amaliy seminar o‘tkazildi
2026-09-11 10:45:00 / Yangiliklar

Seminarda tuman hokimi M. Abdazimov, viloyat Fermerlar Kengashi raisi Sh. Do‘stbekov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S. Sodiqov, viloyat Agroxizmatlar markazi (AKIS) direktori Q. Yusupov, soha mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida g‘alladan yuqori va sifatli hosil olishning muhim omillari — dala maydonlarini ekishga puxta tayyorlash, yerga sifatli ishlov berish, urug‘likni to‘g‘ri tanlash va tayyorlash, ekish muddatlariga rioya qilish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan talablar asosida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ekish jarayonida zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, mavjud texnika va resurslarni mavsumga puxta tayyorlash hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar g‘alla ekish jarayonlarini bevosita dala sharoitida ko‘zdan kechirib, hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.
BO‘KA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI









