Bo‘ka tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-09-10 18:30:00 / Yangiliklar
Bo‘ka tumanining “Chavlisoy” mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari O.Djo‘rayev, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, kelgusidagi rejalari hamda ularni qiynayotgan muammolar bevosita tinglandi.
Yoshlar bilan suhbatda, avvalo, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.









