Tuman markazida bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda
2026-09-04 14:25:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi M.Abdazimov boshchiligida tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida hududlarning umumiy qiyofasi, piyodalar va transport harakati uchun yaratilayotgan sharoitlar, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi ko‘rib chiqildi.
Tuman markazida olib borilayotgan ishlarning bosh maqsadi — Bo‘kani Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi, zamonaviy, obod va aholi uchun qulay hududga aylantirish ekanligi ta'kidlandi.
Shu bois mas’ullarga boshlangan har bir ishni sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish hamda loyihalarni yakuniga yetkazib, foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.





