Navbatdagi hokimlik soatida dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-09-08 14:30:00 / Yangiliklar

Unda tuman prokurori Sh.Zunnurboyev, IIB boshlig‘i A.G‘ulomov, Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi”, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xususan, kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uylar va aholi xonadonlarini barqaror va uzluksiz issiqlik hamda energiya resurslari bilan ta’minlash, mavjud muammolarni oldindan aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Muhokamalar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, har bir vazifaning ijrosi va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan nazorat kuchaytirilishi belgilandi.









