Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-09-03 14:45:00 / Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar Bo‘ka tumanida ham muhokama qilindi.

Tuman hokimi Murod Abdazimov boshchiligida o‘tkazilgan muhokamada hududda kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Har bir mahalla kesimida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual yondashuvni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Mas’ullarga hududdagi har bir oila bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.





