Bo‘ka tumani hokimi tasdiqlandi
2026-08-20 14:05:00 / Yangiliklar

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi. Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilangan maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qilindi.
Sessiya kun tartibidan tashkiliy masala ham o‘rin oldi.
Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isakulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etilgan edi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Abdazimov Murod Ilhomovich nomzodi tavsiya qilindi.
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining qarori bilan Abdazimov Murod Ilhomovich Bo‘ka tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash borasida qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.









