Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-08-26 14:25:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularning mazmuni yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarda, asosan, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar, bandlik, infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda boshqa sohalarga oid muammolar ko‘tarildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, muammolarni imkon qadar joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib, fuqarolarga ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaliy yechimlar ta’minlanishi yuzasidan ma’lumot berildi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va muammolariga amaliy yechim topish tuman hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy asosda hal etish bo‘yicha bunday shaxsiy qabullar muntazam ravishda davom ettiriladi.


