Bo‘ka tumanida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-07-23 17:55:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Sardor Isakulov, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi yo‘nalishlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Bildirilgan har bir murojaat mas’ul rahbarlar ishtirokida muhokama qilinib, yechimi mumkin bo‘lgan masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilandi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur ochiq muloqot yoshlar va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.









