Dolzarb masalalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-07-15 14:45:00 / Yangiliklar
Bo‘ka tumani prokurori Sh.Zunnurboyev, tuman IIB boshlig‘i A.G‘ulomov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Hamdamov boshchiligida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahalliy budjet daromadlari rejasining ijrosi, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, “Ijtimoiy reyestr” bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, shuningdek, noqonuniy ko‘cha savdolarini tartibga solish, savdo faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda har bir yo‘nalishda natijadorlikni oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, topshiriqlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.




