Yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
2026-07-14 17:50:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi S.Isakulov, Respublika ishchi guruhi vakili N.Qayumov, tuman prokurori Sh.Zunnurboyev, nuroniylar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, tarbiyalanuvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga qaratilayotgan islohotlarning ahamiyati alohida ta'kidlandi.
Mazkur ta'lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-454-son qaroriga muvofiq, 2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etildi. Muassasada bolalarning sifatli ta'lim olishi va mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.









